Korrupsiayga qarshi kurash "Komplayns nazorat" tizimini boshqarish bo`limi

buxdu-Buxoro davlat universiteti
boshlig`i

Boltayev Azizjon Salimovich

@buxdpi_anticorbot

200130, Buxoro, Piridastgir koʻchasi-2

+998 91 241 42 05

+998 91 241 42 05

buxdupi_anticor@mail.ru

фқвфқвфқв

Boʼlimning asosiy vazifalari:

  • oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy taʼlim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
  • oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʼlgan yoʼnalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • oliy taʼlim muassasasida korrupsiya koʼrinishlari namoyon boʼlishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish boʼyicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
  • oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash;
  • oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʼnaltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini oʼrganish hamda ilgʼor jihatlarni tatbiq etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
  • oliy ta’lim muassasasida korrupsiyaning holati, tendentsiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʼrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish